date

Flik Real haqida emas Atletiko haqida o'ylaydi

Flik Real haqida emas Atletiko haqida o'ylaydi

“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flikdan matbuot anjumanida “Atletiko” va “Real”ni raqib sifatida solishtirish so'raldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis savolga keskin va aniq javob berdi: hozir uning e'tibori faqat navbatdagi o'yinga qaratilgan. Flik “Real” haqida gapirishni yoqtirmasligini aytib, “Real”ga qarshi o'yin bo'lsa, o'shanda ular haqida o'ylashini ta'kidladi. Hozir esa “Atletiko”ga hurmat bilan yondashib, uni yuqori saviyadagi kuchli jamoa deb atadi.

Eslatib o'tamiz, payshanba kuni kechqurun “Atletiko” Ispaniya Kubogi yarim finalining ilk uchrashuvida “Barselona”ni qabul qiladi. Madriddagi bahsni matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin bo'ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik Real haqida emas Atletiko haqida o'ylaydi