
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi «Selta»ga qarshi (5:0) La Liga 26-tur o‘yinida kiritgan golidan keyin «qo‘ng‘iroq qil» xatti-harakatini kimga yo‘llaganini tushuntirib berdi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.
Argentinalik futbolchi uchrashuvda dubl qayd etgandi. 24-daqiqada Messi hisobni ochdi va maydon markaziga qaytayotganida «qo‘ng‘iroq qil» xatti-harakatini namoyish qildi.
O‘yindan keyin Messi ushbu xatti-harakat unga butun kun davomida qo‘ng‘iroq qilishga uringan, ammo javob olmagan jiyaniga qaratilganini ma’lum qildi, deya aniqlik kiritda AS nashri.
Argentinalik hujumchi Ispaniya chempionati 26-turidan keyin 23 ta gol kiritib, to‘purarlar ro‘yxatida peshqadamlik qilmoqda. «Barselona» esa 60 ochko bilan turnir peshqadami bo‘lib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar