date

Trent Aleksander-Arnold Real asosiy tarkibiga qaytmoqda

Trent Aleksander-Arnold Real asosiy tarkibiga qaytmoqda

Madridning «Real» klubida o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold yaqin kunlarda yana boshlang‘ich tarkibdan joy olishi kutilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Angliyalik futbolchi dekabr boshidan beri jarohat sabab maydonga tusha olmagan edi. 27 yoshli himoyachi o‘tgan yakshanba kuni La Ligadagi «Valensiya»ga qarshi uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, ikki oylik tanaffusdan keyin ilk bor maydonga qaytdi. Marca xabariga ko‘ra, bosh murabbiy Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasi pley-offidagi «Benfika»ga qarshi ilk o‘yinda Trentni birinchi daqiqalardan tushirishni rejalashtirmoqda.

«Qirollik klubi» Lissabon jamoasiga qarshi safardagi bahsni 17 fevral kuni o‘tkazadi, sakkiz kundan so‘ng esa javob uchrashuvi Madridda bo‘lib o‘tadi.

«Real»ning eng yaqin o‘yini 14 fevralga belgilangan — raqib «Real Sosedad» bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Trent Aleksander-Arnold Real asosiy tarkibiga qaytmoqda