Simeone Barselona jarohatlari haqida o'ylamayotganini aytdi

Simeone Barselona jarohatlari haqida o'ylamayotganini aytdi

Madridning "Atletiko" jamoasi bosh murabbiyi Diyego Simeone Ispaniya Kubogi yarim finali ilk uchrashuvi oldidan "Barselona"dagi yo'qotishlar mavzusiga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Matraschilar" uchun uy uchrashuvi bugun bo'lib o'tadi. O'yin 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

"Barsaning jarohat olgan futbolchilari? Rostini aytsam, bu haqida o'ylamayman. Men o'z jamoamiz haqida o'ylayapman — bizga Barrios yetishmayapti. Bundan tashqari, ayrim futbolchilar so'nggi paytlarda eng yaxshi o'yinini ko'rsata olmayapti. Biz o'zimizga va bo'lajak o'yin uchun rejamizga e'tibor qaratishimiz kerak", — dedi Simeone matbuot anjumanida.

Javob uchrashuvi 3 mart kuni kataloniyaliklar maydonida o'tkaziladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar