PSJ rahbari Real va UEFA kelishuvini olqishladi

Fransiyaning PSJ klubi prezidenti Nasser Al-Helayfi Madridning Real jamoasi va UEFA o‘rtasida Yevropa Superligasi masalasida erishilgan yarashuvga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub rahbari kelishuvdan mamnunligini aytib, UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin hamda Real prezidenti Florentino Peresga minnatdorlik izhor etdi. Uning ta’kidlashicha, Peres yutqazdi deydiganlar futbolni yaxshi tushunmaydi — hozir esa barchaga foyda bo‘ldi va mag‘lub tomon yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Kataloniyaning Barselona klubi ham Superliga loyihasidan chiqqanini rasman ma’lum qilgandi.






























Izohlar 0
…