Atletiko va Barselona o'yinida ko'p gol bo'lishi kutilmoqda

Ispaniya Kubogi yarim finalining ilk uchrashuvida Madridning «Atletiko» jamoasi o'z maydonida Kataloniyaning «Barselona» klubini qabul qiladi. Bo'lajak bahs haqida Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Yegor Titov o'z fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Titovning ta'kidlashicha, so'nggi paytlarda har ikki jamoa o'yin uslubi o'zgargan: avvallari gollar kam bo'lsa, hozir darvozalar tez-tez ishg'ol qilinmoqda. Shu bois u uchrashuvda 3,5 tadan ko'p gol bo'lishi variantini tanladi, deya uning so'zlarini «RB Sport» keltiradi.
«Atletiko» — «Barselona» uchrashuvi bugun, 12-fevral kuni Madridda bo'lib o'tadi. Bosh hakamning dastlabki hushtagi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi. O'yinning matnli onlayn translyatsiyasi Liveresult.ru saytida olib boriladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!