date

Garri Keyn Bavariyaning trebl imkoniyatiga baho berdi

Garri Keyn Bavariyaning trebl imkoniyatiga baho berdi

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Garri Keyn joriy mavsum yakunida jamoa treblni qo'lga kiritish ehtimoli haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Bu, albatta, mumkin, lekin manzilgacha hali ancha yo'l bor. Biz o'zimizni katta olib yurmaymiz. Hali ham barcha musobaqalarda kurashni davom ettiryapmiz. O'yinimiz va klub ichidagi muhitni inobatga olsak, albatta, bunday imkoniyat bor. Ammo trebl yutish uchun biroz omad ham kerak: hammasi siz tomonga og'ishi, natijalarni barqaror ushlab turish va jarohatlardan qochish muhim. Biz hozir qilayotgan ishimizga diqqatni jamlashimiz kerak», — dedi Keyn matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, Garri Keyn 2023 yilda «Tottenhem»dan «Bavariya»ga 95 million yevro evaziga ko'chib o'tgandi. Uning shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Ushbu mavsumda forvard 34 uchrashuvda maydonga tushib, 39 gol urdi va beshta golli uzatma amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn Bavariyaning trebl imkoniyatiga baho berdi