date

Real Mbappesiz maydonga tushib qolishi mumkin

Real Mbappesiz maydonga tushib qolishi mumkin

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe ketma-ket ikkinchi kun jamoa bilan mashgʻulotlarda ko'rinmadi. Bu haqda jurnalist Karlos Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qayd etilishicha, Mbappeni chap tizzasidagi noqulaylik hanuz bezovta qilmoqda. Bu muammo dekabr oyida olgan bogʻlamlar choʻzilishidan keyin paydo bo'lgan.

Shu sababli fransuz futbolchining shanba kuni La Liga doirasida «Real Sosyedad»ga qarshi o'yinda ishtirok etishi savol ostida. Avvalroq klub Mbappe zalda alohida tartibda shugʻullanganini bildirgandi.

2025/2025 yilgi mavsumda Mbappe 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 5 ta golli pas berdi.

La Liga jadvalida «Real» ikkinchi o'rinda bormoqda va «Barselona»dan bir ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Mbappesiz maydonga tushib qolishi mumkin