
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Arsenal" boshqaruviga o‘tish niyati yo‘qligini navbatdagi marta aytib o‘tdi.
"Ilgari aytgan gaplarimni yana bir bor takrorlayman - "Arsenal"ni boshqarish niyatim yo‘q. Hatto shunday bo‘lgan taqdirda ham avval "Yuventus" rahbariyati bundan xabar topgan bo‘lardi.
Mening klub bilan shartnomam 2018 yilga qadar davom etadi va kelajagim borasidagi masalani yolg‘iz o‘zim hal qila olmayman.
Vaqti kelganda barchasini rahbariyat bilan gaplashib olamiz. O‘tgan yili ham xuddi shunday bo‘lgan edi", - deydi Allegri.
Manba: www.championat.com “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar