Endrik Lion jamoasidagi barchaga Sony PlayStation sovgʻa qildi

Endrik Lion jamoasidagi barchaga Sony PlayStation sovgʻa qildi

Braziliyalik hujumchi Endrik «Lion» safidagi debyutini juda yorqin oʻtkazdi: u qisqa fursatda xet-trik ham qayd etdi. Uning samarali oʻyini fonida klub barcha musobaqalarni qoʻshib hisoblaganda ketma-ket 12 uchrashuvda gʻalaba qozonmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Endrik yangi jamoada koʻrsatilgan iliq kutib olishdan juda mamnun. Shu bois u klub vakillarining barchasiga Sony PlayStation sovgʻa qilishga qaror qildi — futbolchi bu orqali yangi jamoada munosabatlarni yanada mustahkamlashni istamoqda.

Hozircha Endrik «Lion» tarkibida 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Eslatib o‘tamiz, u bungacha Madridning «Real» klubida unchalik muvaffaqiyatli o‘ynay olmagandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar