date

Luis Enrike Renn bilan uchrashuv oldidan fikr bildirdi

Luis Enrike Renn bilan uchrashuv oldidan fikr bildirdi

Fransiya chempionati navbatdagi turida PSJ safarda Renn maydoniga borib, muhim uchrashuv o'tkazadi. O'yin arafasida parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike bahs haqida o'z mulohazalarini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ispaniyalik mutaxassis raqibning hozirgi holati ideal emasligini tan olgan bo'lsa-da, Rennga qarshi o'ynash doim qiyinligini ta'kidladi. Enrikening so'zlariga ko'ra, PSJning vazifasi jadvaldagi raqiblarga bosimni to'xtatmaslik va peshqadamlikni mustahkamlash.

Renn — PSJ uchrashuvi bugun, 13 fevral kuni bo'lib o'tadi. Start hushtagi 23:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi. O'yin oldidan mezbonlar Liga 1 jadvalida 6-o'rinda, mehmonlar esa chempionat yetakchisi bo'lib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike Renn bilan uchrashuv oldidan fikr bildirdi