date

Laport Saudiya davri haqida ilk bor ochiq gapirdi

Laport Saudiya davri haqida ilk bor ochiq gapirdi

Ispaniyalik himoyachi Emerik Laport hozirda “Atletik” Bilbao safida to‘p surmoqda. Futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatidagi faoliyati davriga oid fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

31 yoshli futbolchi aytishicha, Saudiya Arabistonidagi ilk mavsumidayoq u bu yo‘l o‘zi istagan yo‘l emasligini anglab yetgan. Klub esa biroz sabr qilishni so‘ragan, biroq vaziyat o‘zgarmagan. Laport uchun oilaviy masalalar ham muhim omil bo‘lganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Laport Portugaliya yulduzi Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada — “Al-Nasr”da birga o‘ynagan. Ispaniyalik futbolchi klubda jami 69 uchrashuvda maydonga tushib, 9 gol urgan va 1 golli uzatma amalga oshirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Laport Saudiya davri haqida ilk bor ochiq gapirdi