Simeone Yamalni ishora bilan jig'iga tegishga urindi

Ispaniya Kubogi yarim finalining ilk uchrashuvida «Barselona» safarda «Atletiko»ga qarshi omadsiz o'yin o'tkazdi va 0:4 hisobida yirik mag'lubiyatga uchradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Marca nashrining yozishicha, bahs davomida madridliklar bosh murabbiyi Diego Simeone 18 yoshli vinger Lamin Yamalni provokatsiya qilishga harakat qilgan. «Atletiko» uch to'p farqi bilan oldinda borayotgan paytda argentinalik mutaxassis «Barselona» futbolchisi tomonga uch barmog'ini ko'tarib, mezbonlarning ustunligini ishora bilan ko'rsatgan.
Javob o'yini 3 mart kuni Kataloniyada bo'lib o'tadi. Ikki uchrashuv natijasiga ko'ra ustun kelgan jamoa turnir finaliga yo'l oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing