date

Mourinyo murabbiy sifatida Messidan ko'p narsa o'rganganini aytdi

Mourinyo murabbiy sifatida Messidan ko'p narsa o'rganganini aytdi

Portugaliyalik taniqli mutaxassis Joze Mourinyo hozirda Lissabonning “Benfika” klubini boshqarar ekan, “Barselona”ning sobiq hujumchisi Lionel Messi bilan bo'lgan qarama-qarshiliklar faoliyatida muhim rol o'ynaganini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mourinyoning so'zlariga ko'ra, Messi bilan to'qnash kelish unga murabbiy sifatida o'sish imkonini bergan: har safar uning jamoasi “Barselona”ga qarshi maydonga tushganida, asosiy e'tibor argentinalik yulduzni qanday to'xtatish masalasiga qaratilgan.

Transfer News Live ijtimoiy tarmoqlarda keltirgan iqtibosda “Maxsus” laqabli murabbiy aynan Messiga qarshi rejalar tuzish, taktika ustida ishlash uni yanada kuchli mutaxassisga aylantirganini qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, Mourinyo avvalroq Madridning “Real”i, Londonning “Chelsi”si hamda boshqa bir qator klublarda ishlagan.

Lionel Messi hozirda AQSHning “Inter Mayami” jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Shuningdek, xabarlarga ko'ra, bir top terma jamoa Mourinyoni bosh murabbiylikka olib kelish masalasini ko'rib chiqmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mourinyo murabbiy sifatida Messidan ko'p narsa o'rganganini aytdi