Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytiradi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti milliy jamoa bilan yangi shartnoma imzolash arafasida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Athletic xabariga ko'ra, italiyalik mutaxassisning Braziliya futbol konfederatsiyasi bilan kelishuvi deyarli to'liq tayyor — endi faqat rasmiy formalitlar qolgan.
Braziliya terma jamoasi tarixidagi ilk xorijlik murabbiy boshchiligida jamoa 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tdi.
Mundialning final bosqichida braziliyaliklar Marokash, Gaiti va Shotlandiya bilan bir guruhdan joy oldi.
Braziliyaning guruhdagi uchrashuvlari 13, 19 va 24 iyun kunlari bo'lib o'tadi. Avvalroq Anchelotti yozda “Manchester Yunayted”ni boshqarishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!