date

Abaev Safonov Yevropadagi eng kuchli rossiyalik darvozabonga aylanishi mumkin

Abaev Safonov Yevropadagi eng kuchli rossiyalik darvozabonga aylanishi mumkin

Moskvaning «Lokomotiv» klubi sobiq futbolchisi Ilya Abaev «PSJ» darvozaboni Matvey Safonovning kelajagi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Abaevning aytishicha, Safonovni Yevropada to‘p surgan eng yaxshi rossiyalik posbon deb atash uchun vaqt va barqarorlik kerak. U bir necha mavsum «PSJ» safida o‘ynab, o‘z darajasini uzoq muddat ushlab tursa, shundagina bu haqda aniq gapirish mumkinligini ta’kidladi.

Fransiya chempionatining joriy mavsumida 26 yoshli darvozabon to‘rtta uchrashuvda maydonga tushdi va uchta gol o‘tkazib yubordi.

Safonov 2024 yilda Parij grandiga kelib qo‘shilgandi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Abaev Safonov Yevropadagi eng kuchli rossiyalik darvozabonga aylanishi mumkin