Arbeloa Realni boshqarish men uchun katta sharaf

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoa bilan o‘tgan ilk oyi yakunlari haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik mutaxassis «qirollik klub»i boshqaruvida aniq bir oy ishladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Arbeloaning aytishicha, u hozircha uzoqni ko‘zlab baho berishdan ko‘ra, navbatdagi o‘yin haqida o‘ylashni afzal ko‘radi. Murabbiy jamoada doimo o‘sish va rivojlanish uchun imkon borligini ta’kidladi hamda bu hafta mashg‘ulotlar jarayonidan mamnun qolganini qo‘shimcha qildi.
Shuningdek, u «Real» kabi jamoani boshqarish qanday mas’uliyat ekaniga to‘xtalar ekan, dunyoning eng kuchli klubiga murabbiy bo‘lish — katta imtiyoz va omad ekanini aytdi. Arbeloa bu imkoniyatdan so‘nggi kungacha zavq olib ishlashini ma’lum qildi.
«Real» 14-fevral, shanba kuni «Real Sosyedad»ni qabul qiladi. Uchrashuv «Santyago Bernabeu»da 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!