Kamavingaga Saudiya Arabistonidan nihoyatda foydali taklif kutilmoqda

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
23 yoshli futbolchi bu mavsumda “qirollik klubi”ning asosiy tarkibida muntazam maydonga tushmayapti. Shu sababli uning kelajagi borasidagi gap-so‘zlar tobora kuchaymoqda. Insayder Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi fransuz futbolchisiga yozda nihoyatda foydali shartnoma taklif qilishga tayyor. Vaziyatni Angliyaning “Chelsi”, “Liverpul” va “Arsenal” klublari ham kuzatib bormoqda.
Transfermarkt portali Kamavinganing bozor qiymatini 50 million yevroga baholagan. Yarim himoyachining “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!