date

Barselona Droning ketishidan so'ng bandlarni qayta ko'rib chiqdi

Barselona Droning ketishidan so'ng bandlarni qayta ko'rib chiqdi

Yanvar oyida Dro Fernandes «Barselona»ni tark etib, «PSJ» safiga o'tdi. Fransuz grandi 18 yoshli iqtidor egasini atigi 8 million yevroga qo'lga kiritdi: futbolchining shartnomasidagi belgilangan tovon puli bandi ishga tushirilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

RAC1 xabariga ko'ra, kataloniyaliklar bunday holat boshqa takrorlanishini istamayapti va endi tovon puli miqdorlarini boshqacha shakllantirmoqda. Unga ko'ra, 19 yoshgacha jamoada o'ynagan futbolchilar uchun 6 million yevro, «Barselona B»da debyut qilganlar uchun 8 million yevro, asosiy jamoada hech bo'lmaganda bir marta maydonga tushganlar uchun esa 100 million yevro belgilanishi ko'zda tutilmoqda.

Dro Fernandes Parijga yo'l olishidan avval «ko'k-anorranglilar»ning asosiy jamoasi safida besh uchrashuvda maydonga tushishga ulgurgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona Droning ketishidan so'ng bandlarni qayta ko'rib chiqdi