Anchelotti Neymarni JChga chaqirish haqidagi savolga javob berdi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliyada o‘tayotgan karnaval tadbirida ko‘rinish berdi. Murabbiy ishtirok etgan surat va videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi, ular orasida Fabrizio Romano ham bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalistlar italiyalik mutaxassisdan Neymar 2026 yilgi jahon chempionatida o‘ynashi mumkinligi haqida so‘rashdi. Savolga qo‘shimcha tarzda muxbirlar Anchelottiga futbolchining o‘ziga qo‘ng‘iroq qilib ko‘rishni ham tavsiya qilishdi.
Murabbiy esa qisqa javob bilan cheklani: «Maslahat uchun rahmat», — dedi u.
Avvalroq Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Terma jamoa tarixidagi ilk xorijlik murabbiy boshchiligida braziliyaliklar 2026 yilgi JCh saralashini muvaffaqiyatli yakunlagani aytilmoqda.
Shuningdek, mundialning final bosqichida Braziliya Marokash, Gaiti va Shotlandiya bilan bir guruhdan joy olgani qayd etildi. Uchrashuvlar 13, 19 va 24 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, Anchelotti yozda «Manchester Yunayted»ni boshqarishi mumkinligi ham avvalroq tilga olingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!