date

Portugaliya murabbiyi Ronaldu terma jamoaga mezon bo'layotganini aytdi

Portugaliya murabbiyi Ronaldu terma jamoaga mezon bo'layotganini aytdi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines 41 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan ishlash jarayoni haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning aytishicha, Ronaldu bilan ishlash juda oson: u jamoada qolgan futbolchilar uchun namuna bo'lib, terma jamoa safida o'ynash uchun nimalar talab etilishini amalda ko'rsatadi. Martines Ronalduni tug'ma to'purar va Portugaliya uchun o'ta muhim futbolchi sifatida ta'rifladi, deya xabar berdi BBC.

Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 226 uchrashuv o'tkazib, 143 ta gol urgan.

Klub miqyosida esa hujumchi 2023 yil yanvaridan buyon Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» jamoasida to'p tepmoqda. Ronaldu boykot sababli so'nggi bir nechta o'yinda maydonga tushmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Portugaliya murabbiyi Ronaldu terma jamoaga mezon bo'layotganini aytdi