date

Ryudiger kelasi mavsum qayerda o'ynashini hali hal qilgani yo'q

Ryudiger kelasi mavsum qayerda o'ynashini hali hal qilgani yo'q

Madridning «Real» klubi himoyachisi Antonio Ryudigerning kelajagi borasida yangi tafsilotlar paydo bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Ekrem Konur xabariga ko'ra, nemis futbolchi keyingi mavsum qaysi jamoada to'p surishini aniq bilmayapti, chunki uning «Real» bilan amaldagi shartnomasi iyun oyida yakunlanadi. Manbaga ko'ra, Ryudigerga Saudiya Arabistonidan jozibador takliflar kelmoqda, biroq futbolchi tomoni muzokaralarni mavsum oxirigacha ortga surgan. Ta'kidlanishicha, uning ustuvor tanlovi — «Real»da qolish.

32 yoshli himoyachi 2022 yildan beri «Real» sharafini himoya qiladi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarni hisobga olganda 9 o'yinda maydonga tushdi va hozircha gol yoki assist bilan ajralib chiqmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ryudiger kelasi mavsum qayerda o'ynashini hali hal qilgani yo'q