date

Barselona hakamlik yuzasidan federatsiyaga rasmiy shikoyat yubordi

Barselona hakamlik yuzasidan federatsiyaga rasmiy shikoyat yubordi

Ispaniya Kubogida «Atletiko»dan 0:4 hisobida yutqazgan «Barselona» hakamlik masalasi bo'yicha Ispaniya qirollik futbol federatsiyasiga rasmiy shikoyat yo'lladi. Bu haqda klubning rasmiy manbalari xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qayd etilishicha, klub tomonidan yuborilgan maktub Federatsiya prezidenti, Hakamlar texnik qo'mitasi rahbari, VAR tizimi uchun mas'ul shaxs hamda yuridik yo'nalish direktori nomiga yo'naltirilgan.

Shikoyatda «Barselona» bir nechta muhim masalalarga urg'u berdi: hakamlik mezonlarida izchillik yetishmasligi, qo'l bilan o'ynash epizodlariga turlicha talqinlar, VARdan foydalanishning ochiqligi va shaffofligiga doir savollar, shuningdek hakamni monitor oldiga chaqirish mezonlari.

Klub bayonotida bu qadam hakamlar korpusining professionalligiga shubha bildirish uchun emas, balki amalda qo'llanayotgan mezonlarni zudlik bilan qayta ko'rib chiqish zaruratini ko'rsatish uchun tashlanganini ta'kidladi. «Barselona»ning fikricha, bu o'zgarishlar qarorlar izchilligini, barcha klublarga teng munosabatni hamda musobaqalarning obro'yi va ishonchini saqlab qolishni ta'minlashi kerak.

Shuningdek, «Barselona» shaffoflikni kuchaytirish uchun hakamlar va VAR o'rtasidagi barcha audioyozuvlarni ommaga e'lon qilishni talab qilmoqda.

«Barselona»ning navbatdagi uchrashuvi 16 fevral kuni «Jirona»ga qarshi bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona hakamlik yuzasidan federatsiyaga rasmiy shikoyat yubordi