date

Garri Keyn Levandovski rekordini yangilash imkonini baholadi

Garri Keyn Levandovski rekordini yangilash imkonini baholadi

Bundesliganing shanba kungi o‘yinida “Bavariya” hujumchisi Garri Keyn “Verder”ga qarshi bahsda (3:0) ikkita gol urdi. Angliyalik forvard 22-daqiqada penaltini aniq ijro etdi, 25-daqiqada esa o‘yindan gol kiritdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

32 yoshli hujumchi Germaniya chempionatining joriy mavsumida 12 tur qolgan bir paytda 26 ta gol jamg‘argan. O‘yindan keyin jurnalistlar undan Robert Levandovskining Bundesligadagi 41 gollik rekordini yangilash imkoniyati bor-yo‘qligini so‘rashdi.

“Har narsa bo‘lishi mumkin, ammo hozircha bu ko‘rsatkichdan ancha yiroqdaman. Bu rekord — aqlbovar qilmas darajada. Hozir formada ekanimdan va jamoaga foydam tegayotganidan xursandman. Aprelda o‘zimni qanday his qilishimni ko‘ramiz, keyin rekord haqida o‘ylayman. Hozir esa keyingi o‘yinga e’tibor qaratish kerak”, — deya Keynning so‘zlarini Bayern & Germany keltirdi.

Shuningdek, “Verder” darvozasiga kiritilgan ikkinchi gol Keyn uchun faoliyatidagi 500-gol bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn Levandovski rekordini yangilash imkonini baholadi