Vinisius penaltidagi uslubi uchun Jorjinoga ishora qildi

Ispaniya La Ligasi doirasida "Real" o'z maydonida "Real Sosedad"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvda Vinisius Junior dubl qayd etib, ikkala golini ham penaltidan urdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
11 metrli jarima zarbalari oldidan braziliyalik hujumchi odatda Jorjinoga xos bo'lgan sakrab-turib zarba berish uslubidan foydalandi. Bu epizodlar uchrashuvning eng ko'p muhokama qilingan lahzalaridan biriga aylandi.
O'yindan keyingi kuni Vinisius ijtimoiy tarmoqlarda penaltidagi zarbasi aks etgan suratni joylab, postda Jorjinoning sahifasini belgiladi. "Real" yulduzi izoh qoldirmadi, biroq postga kulgidan yig'lash va o'ylangan ifoda emodzilarini qo'shdi.
"Real" navbatdagi uchrashuvini 17-fevral kuni safarda "Benfika"ga qarshi Chempionlar ligasi doirasida o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!