Flik Jironani maqtab, jasur jamoa deb atadi

"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Ispaniya chempionatida "Jirona"ga qarshi bo'ladigan uchrashuv oldidan raqib haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, "Jirona" yaxshi tashkil etilgan va dadil o'ynaydigan jamoa bo'lib, hujumlarni sifatli tarzda boshlaydi. Flik "Barselona" uchun avvalgi o'yinlardagidan ko'ra intensivroq va dinamikroq harakat qilish muhimligini qayd etdi.
"Jirona" va "Barselona" dushanba, 16-fevral kuni maydonga tushadi. Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
Shanba kuni "Real"ning g'alabasidan so'ng "Barselona" La Liga turnir jadvalida ikkinchi pog'onaga tushib qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing