Atletik Real Ovyedoga qarshi irodali g‘alabani tortib oldi

Ispaniya chempionatining 24-turida «Atletik» safarda «Real Ovyedo» bilan to‘qnash keldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida autsayderlar hisobni ochdi: 30-daqiqada Federiko Vinyaas uzatmasidan so‘ng Ilyas Chayra aniq zarba yo‘llab, mezbonlarni oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi taymda bilbaoliklar tashabbusni qo‘lga oldi. Mikel Xaurhexizar jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba bilan muvozanatni tikladi — 1:1. Oradan ko‘p o‘tmay Inyaki Uilyamsning bosh bilan yo‘llagan zarbasi Davyd Karmuning qo‘liga tegdi va hakam penalti belgiladi. 11 metrlikdan Oyan Sanset to‘pni markazga yo‘lladi, darvozabon esa yo‘nalishni topa olmadi — 1:2.
Shu tariqa «Atletik» ketma-ket ikkinchi g‘alabasini qayd etib, 8-o‘rindagi «Real Sosyedad»ga ochkolar bo‘yicha yetib oldi. «Real Ovyedo» esa turnir jadvalining eng past pog‘onasida qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!