Andres Inyesta Marokash terma jamoasiga taklif etilishi mumkin

Avvalroq futbol olamida katta iz qoldirgan Andres Inyesta yana ish bilan ta’minlanishi ehtimoli bor. BBC Glasgow Times nashriga tayanib yozishicha, 41 yoshli mutaxassisni Marokash terma jamoasi safiga taklif qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, Inyestaga Marokash milliy jamoasida texnik direktor lavozimi taklif etilishi mumkin.
Yozda Marokash terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etadi. Guruh bosqichida “Atlas sherlar”i Braziliya, Shotlandiya va Gaiti terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan jahon chempionatida Marokash to‘rtinchi o‘rinni egallagan: yarim finalda Fransiyaga 0:2 hisobida yutqazgan, uchinchi o‘rin uchun bahsda esa Xorvatiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!