Vinisius Jarima Maydonidagi To‘p Tegishlarida Yetakchilik Qilmoqda

Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior Yevropaning top-5 chempionatlari doirasida raqib jarima maydonida to‘pga eng ko‘p tegingan futbolchi sifatida birinchi o‘ringa chiqdi. Statmuse statistik portali e’lon qilgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Braziliyalik futbolchi hisobida 216 ta teginish bor. Ikkinchi pog‘onada uning jamoadoshi Kilian Mbappe 194 ta ko‘rsatkich bilan joylashgan, uchinchi o‘rin esa “Barselona” vakili Lamin Yamalga nasib etgan — 187.
Shuningdek, kuchli o‘nlikdan Luis Dias (“Liverpul”, 176), Erling Holann (“Manchester Siti”, 151), Maykl Olise (“Bavariya”, 149), Lautaro Martines (“Inter”, 141), Kenan Yildiz (“Yuventus”, 135), Moxamed Salah (“Liverpul”, 134) hamda Yankuba Minte (“Brayton”, 133) ham o‘rin oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!