Lion Nitsani mag'lub etib g'alabalar seriyasini davom ettirdi

Liga 1ning ayni paytdagi eng barqaror jamoalaridan biri hisoblangan «Lion» 22-tur doirasida o'z maydonida «Nitsa»ni qabul qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Pavel Shults hujumni keskinlashtirib, pasni Korenten Tolissoga uzatdi va yarim himoyachi hisobni ochdi — 1:0.
64-daqiqada «Nitsa» jarima maydoniga yo'llangan uzatmani Sharl Vanhutt to'xtatib qololmadi, vaziyatdan unumli foydalangan Noy Narti esa to'pni darvozaga joylab qo'ydi — 2:0.
Ushbu g'alabadan so'ng «Lion» turnir jadvalida 3-o'rinni mustahkamlab oldi va peshqadamdan 7 ochko ortda bormoqda. «Nitsa» esa 14-pog'onada qolib ketdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing