Haykin Holann meni izdan chiqarishga urindi dedi

Haykin Holann meni izdan chiqarishga urindi dedi

Norvegiyaning «Bude-Glimt» klubida to‘p surayotgan rossiyalik darvozabon Nikita Haykin Chempionlar ligasida «Manchester Siti»ga qarshi uy uchrashuvini yodga oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uning aytishicha, mehmonlar hujumchisi Erlin Holann standart vaziyatlarda darvoza oldida juda yaqin kelib, darvozabon bilan yakkama-yakka kurash olib borgan va uzatmaga chiqishiga xalaqit berishga urinib, uni ruhiy jihatdan beqarorlashtirmoqchi bo‘lgan. Haykin esa jamoa bu vaziyatlarda o‘zini yaxshi tutganini ta’kidladi.

O‘sha o‘yinda skandinavlar kutilmaganda «Manchester Siti»ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan.

Play-off bosqichidagi bahslarda «Bude-Glimt» Milaning «Inter» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuvlar 18 va 24 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar