Flik Barselonadagi hozirgi vaziyatni muammo deb atadi

Ispaniya chempionatida «Barselona» navbatdagi mag‘lubiyatini qabul qildi: katalon derbisida jamoa «Jirona»ga yutqazdi. Bosh murabbiy Hansi Flik uchrashuvdan keyin vaziyatdan qoniqmayotganini ochiq bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Nemis mutaxassisining aytishicha, gap oddiy omadsizlik haqida emas — klub hozir inqiroz holatida. Flik o‘tgan hafta Ispaniya Kubogida «Atletiko»dan 0:4 hisobida yirik hisobda yutqazilganini ham eslatdi.
«Biz hozir yaxshi holatda emasmiz, inqirozdamiz. Oldimizda javob topish uchun bir hafta bor — jiddiy ishlashimiz kerak. Balki bizga boshqa mentalitet va boshqa daraja kerakdir. Biz albatta yaxshiroq o‘ynashimiz shart», — deya Flikning so‘zlarini klub matbuot xizmati keltirdi.
Ushbu natijadan so‘ng «Barselona» Ispaniya chempionati turnir jadvalida yetakchilikni qo‘ldan boy berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!