date

Spalletti Galatasaroyga qarshi o'yin oldidan fikr bildirdi

Spalletti Galatasaroyga qarshi o'yin oldidan fikr bildirdi

Turinning «Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi «Galatasaroy»ga qarshi ilk uchrashuv oldidan jamoasidan nimalar kutayotganini aytib o'tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoalar 1/16 final doirasidagi birinchi bahsni 17 fevral kuni Istanbulda o'tkazadi. Uchrashuv 22:45 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

«Bu o'yindan kutganlarim juda yuqori. “Yuventus” to'liq mas'uliyatni o'z zimmasiga olishi shart. Eng kichik ikkilanish yoki ishonchsizlik raqib tomonidan darhol senga qarshi ishlatiladi», — deya murabbiyning so'zlarini UEFA matbuot xizmati keltirdi.

Javob o'yini 25 fevral kuni Turinda bo'lib o'tadi. Shuningdek, 17 fevral kuni yana uchta juftlik pley-off bahsida maydonga tushadi: «Monako» — «PSJ», Dortmundning «Borussiya»si — «Atalanta» hamda «Benfika» — «Real».

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Spalletti Galatasaroyga qarshi o'yin oldidan fikr bildirdi