Garsiya Jironaga yutqazgach Barselona o'yinini tanqid qildi

Ispaniya chempionatining 24-turi doirasida kataloniyalik “Barselona” safarda “Jirona”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan keyin “ko'k-anorranglilar” darvozaboni Joan Garsiya o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Garsiyaning aytishicha, uning asosiy vazifasi — gol o'tkazmaslik, ammo bu safar raqib “xohlaganidan ham ko'proq” zarba yo'llagan. Darvozabon barcha seyvlar jamoa mag'lub bo'lsa, ahamiyati qolmasligini ta'kidladi.
Shuningdek, u “Barselona” o'yinini yaxshilashi zarurligini qayd etdi: jamoa raqiblarga juda ko'p gol urish imkoniyatlarini berib qo'ymoqda va bu ustida ishlashini bildirdi. Futbolchining so'zlarini Marca nashri keltirdi.
Ushbu mag'lubiyatdan so'ng Hans-Diter Flik shogirdlari peshqadam madridlik “Real”dan ikki ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!