Abduqodir Husanov Chempionlar ligasidagi eng tezkor futbolchi bo'ldi

"Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov joriy Chempionlar ligasi mavsumida eng yuqori tezlik ko'rsatgan futbolchi sifatida e'tirof etildi. Bu haqdagi statistikani CIES taqdim etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ma'lumotlarga ko'ra, o'zbekistonlik himoyachi maydonda 35,8 km/soat tezlikka chiqdi. Shu tariqa u "Real" yulduzi Kilian Mbappe (35,67 km/soat), "Liverpul" hujumchisi Ugo Ekitike (34,91 km/soat) hamda jamoadoshi Erling Holand (34,87 km/soat)dan ham yuqori natija qayd etdi.
Chempionlar ligasining umumiy bosqichi yakunlariga ko'ra, "Manchester Siti" kuchli sakkizlikdan joy olib, pley-off saralash (styik) o'yinlarisiz keyingi bosqichga yo'l oldi. Ushbu bosqich uchrashuvlari bugun, 17-fevral kuni start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing