date

Barselona Pedrining kamtarona turmush tarzidan hayratda

Barselona Pedrining kamtarona turmush tarzidan hayratda

“Barselona”da Pedrini faqat maydondagi o‘yini uchun emas, uning shaxsiy hayotdagi yondashuvi uchun ham yuqori baholashmoqda. The Touchline xabariga ko‘ra, klubning sport bloki 23 yoshli futbolchining kamtarligi va sokin turmush tarzidan juda mamnun. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, Pedri hashamatli avtomobillar yoki qimmat taqinchoqlarga pul sarflashni maqsad qilmagan. Aksincha, u uzoq muddatli kapital yaratishga e’tibor qaratgan. “Barselona” futbolchining ko‘chmas mulkka kiritayotgan sarmoyalarini qo‘llab-quvvatlaydi — yarimhimoyachi Ispaniya bo‘ylab mehmonxonalarni sotib olish va ta’mirlash loyihalariga mablag‘ yo‘naltirmoqda.

Pedri “Barselona” safida barcha musobaqalarda 227 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazgan. Ushbu o‘yinlarda u 28 ta gol urib, 29 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Ayni paytda “Barselona” La Ligada ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona Pedrining kamtarona turmush tarzidan hayratda