Boyan Krkich Barselonadagi asosiy muammoni aytdi

Barselonaning sobiq futbolchisi Boyan Krkich jamoa atrofidagi muammolar yuzasidan o'z fikrini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
So'nggi paytlarda kataloniyaliklar natija borasida qiyin davrni boshdan kechirmoqda: Xans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa Ispaniya Kubogida Madridning Atletikosiga yirik hisobda yutqazdi (0:4), keyin esa La Ligada Jironadan kutilmaganda mag'lub bo'ldi (1:2).
Krichning ta'kidlashicha, masala futbolchilarning kayfiyatida emas, balki himoyada qanday harakat qilishni bilishda. U misol sifatida doim kurashga shay bo'ladigan Fermin Lopesni keltirib, bevosita duel vaziyatlarida bu holat ba'zan jamoaga qarshi ishlashi mumkinligini aytdi.
22 fevral kuni Barselona o'z maydonida Levanteni qabul qiladi.





























Izohlar 0
…