Ronaldu JCh-2026da zaxiradan boshlashga ham tayyor

«Al-Nasr» hujumchisi, 41 yoshli Krishtianu Ronaldu yaqinlashib kelayotgan jahon chempionatiga zaxira futbolchi maqomida borishga qarshi emas. Bu haqda The Touchline nashri xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, Ronaldu Portugaliya terma jamoasida asosiy tarkibdan joy talab qilmayapti. Shu bois bosh murabbiy Roberto Martines uni zaxira o'rindig'ida qoldirishga qaror qilsa ham, vaziyat muammosiz hal bo'ladi. Qayd etilishicha, forvard shaxsiy ambitsiyalardan ko'ra jamoa natijasini ustun qo'ymoqda.
Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 226 ta o'yin o'tkazib, 143 ta gol urgan va 46 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Jahon chempionati–2026 kelasi yozda AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing