Ispan matbuoti Barselona yarim himoyachisi de Yongni tanqid qildi

Dushanba kuni “Barselona” safarda “Jirona”ga 1:2 hisobida yutqazdi. Ushbu turdan keyin “ko‘k-anorranglilar” La Ligadagi yetakchilikni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O‘yindan so‘ng Ispaniya OAVlari jamoa yarim himoyachisi Frenki de Yongning harakatlarini keskin baholadi. Niderlandiyalik futbolchi uchrashuvni to‘liq 90 daqiqa o‘tkazdi va maydonga sardorlik bog‘ichi bilan tushdi. Ispan nashrlaridagi fikrlar jamlanmasini The Touchline keltirdi.
Marca nashri de Yong “to‘p nazoratini samaraga aylantira olmayotgani va ijodkorligi kam”ligini yozdi. Mundo Deportivo esa uning jamoa yana birinchi o‘ringa qaytishni istayotgan paytda “yarim himoyachi sifatida yetakchilik va ta’sir kuchi yetishmayotgani, ko‘proq oddiy paslar hamda ikkilanib bajarilgan himoyaviy harakatlar bilan cheklanayotgani”ni ta’kidladi. Sport nashriga ko‘ra esa de Yong “Barselona” yaqqol ustunlik qilganida yaxshi ko‘rinadi, ammo o‘yinda muvozanat buzilganda qiynaladi va aynan shunda uning zaif tomonlari ko‘zga tashlanadi.
Hozirda “Barselona” turnir jadvalida “Real”dan ikki ochko ortda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!