date

Vinisius Mbappening yordamini yuksak qadrladi va minnatdorlik bildirdi

Vinisius Mbappening yordamini yuksak qadrladi va minnatdorlik bildirdi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior jamoadoshi Kilian Mbappega alohida minnatdor. ESPN Deportes xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi seshanba kungi voqealardan so‘ng fransuz yulduzining uni maydonda ham, maydon tashqarisida ham qo‘llab-quvvatlaganini yuksak baholagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbada «Real» rahbariyati va jamoa Vinisiusni Lissabondagi bahs atrofida yuzaga kelgan mojarodan keyin to‘liq qo‘llab-quvvatlayotgani ta’kidlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Vinisius «Benfika» futbolchisi Janluka Prestiannini irqchilik asosidagi haqoratda aybladi. Lissabon klubi vakillari esa bu da’volarni rad etdi. Mbappe esa o‘yindan keyin Prestianni kabi futbolchilarga Chempionlar ligasida o‘rin yo‘qligini keskin bildirib o‘tdi.

Uchrashuvda «Real» safarda «Benfika»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vinisius Mbappening yordamini yuksak qadrladi va minnatdorlik bildirdi