date

Mbappe Vinisiusni himoya qildi va unga raqsni davom ettir dedi

Mbappe Vinisiusni himoya qildi va unga raqsni davom ettir dedi

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe jamoadoshi Vinisius Juniorni qo‘llab-quvvatladi. Braziliyalik futbolchi Chempionlar ligasida “Benfika”ga qarshi bahsda raqib o‘yinchi Janluka Prestiannini o‘ziga nisbatan irqchilik qilganlikda ayblagan edi. Argentinalik futbolchi esa Vinisius vaziyatni noto‘g‘ri tushunganini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvdan keyin Vinisius burchak bayrog‘i yonida golni provokatsion tarzda nishonlagani uchun ham tanqid ostida qoldi. Shunga qaramay, Mbappe braziliyalik sherigini ochiq himoya qildi.

“Raqsga tush, Vini, va hech qachon to‘xtama. Ular bizga nima qilish mumkin yoki mumkin emasligini aytib bera olmaydi”, — deb yozdi Mbappe ijtimoiy tarmoqlarda.

Avvalroq Vinisius Junior Kilian Mbappega katta minnatdor ekani haqida ham xabarlar tarqalgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mbappe Vinisiusni himoya qildi va unga raqsni davom ettir dedi