date

Barselona Mark Kasado bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Barselona Mark Kasado bilan shartnomani uzaytirmoqchi

“Barselona” yarim himoyachi Mark Kasadoni jamoa tarkibida saqlab qolishni istamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Karlos Monfort xabariga ko‘ra, futbolchining amaldagi bitimi 2028 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan bo‘lsa-da, kataloniyaliklar yaqin oylar ichida Kasado bilan muzokaralarni boshlab, shartnomani 2031 yilgacha uzaytirish niyatida.

Boshqa klublar qiziqishi borligiga qaramay, Kasadoning o‘zi ham “Barselona”da qolishni afzal ko‘rmoqda. U “ko‘k-anorranglilar” safida to‘p surish har doim orzusi bo‘lganini yashirmaydi.

“Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Mark Kasado joriy mavsum barcha musobaqalarda 25 o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uni 25 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona Mark Kasado bilan shartnomani uzaytirmoqchi