Flik Barselona futbolchilariga ikki kunlik dam berdi

«Barselona» so‘nggi ikki uchrashuvda omadsiz natija qayd etdi: jamoa madridlik «Atletiko»ga 0:4, «Jirona»ga esa 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, bosh murabbiy Xans-Diter Flik jamoaga ruhiy jihatdan tiklanish zarur, deb hisoblab, futbolchilarga ikki kunlik ta’til taqdim etdi. Kataloniyaliklar La Liganing 25-turi doirasida yakshanba kuni o‘z maydonida «Levante»ni qabul qiladi.
Hozirda «Barselona» Ispaniya chempionati jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam madridlik «Real»dan ikki ochko ortda qolmoqda. Chempionlar ligasida esa kataloniyaliklar pley-offning stykov bosqichida ishtirok etmaydi — ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing