date

Laporta hakamlar Barselonani siqib, Realga yengillik beradi dedi

Laporta hakamlar Barselonani siqib, Realga yengillik beradi dedi

«Barselona» prezidenti Joan Laporta Ispaniya futbolidagi hakamlik masalasi bo‘yicha keskin fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub rahbarining aytishicha, jamoa omadsiz o‘yin ko‘rsatgan paytlarda hakamlar «Barselona»ga nisbatan bosimni kuchaytiradi, «Real»da muammo yuzaga kelganda esa aksincha, qarorlar ularga qulay tomonga ishlaydi. Laporta «Real» futbolchilari yiqilishni yaxshi o‘rganib olgan, jarima olish uchun vaziyatni mahorat bilan bo‘rttiradi, deya kinoya qildi.

Kataloniyaliklar so‘nggi ikki uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi: avval Ispaniya Kubogi yarim finalida Madridning «Atletiko»siga 0:4 hisobida yutqazdi, keyin esa La Ligada «Jirona»dan 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Har ikki o‘yindan keyin hakamlar qarorlari atrofida bahs va mojaro ko‘tarildi.

Yakshanba kuni Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa «Levante»ga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Laporta hakamlar Barselonani siqib, Realga yengillik beradi dedi