Viktor Font Messini qaytarish gʻoyasi bilan hujumga oʻtdi

«Barselona» prezidenti lavozimiga da’vogar Viktor Font saylovoldi kampaniyasini Lionel Messini klubga qaytarish gʻoyasi atrofida qurayotgani avvalroq xabar qilingandi. Bu yoʻnalish amaldagi rahbariyat uchun ogʻriqli nuqta, chunki Joan Laporta davrida Messi jamoani tark etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Endi Font tashviqotni yanada kuchaytirdi: Barselonadagi eng muhim binolardan birida bir necha qavat balandligidagi ulkan banner paydo bo‘ldi. U katalon poytaxtida yashaydigan yoki mehmon bo‘lib keladigan odamlar eng ko‘p ko‘radigan nuqtaga joylashtirilgani aytilmoqda.
Bu strategiya haqiqatan ham yurish bo‘ladimi yoki aksincha, saylovda muvaffaqiyatsiz tugaydimi — buni faqat ovoz berish natijalari ko‘rsatadi. Hozircha esa klubning qarzlari emas, ko‘pchilik yana Messining qaytishi haqida gapirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!