date

Matias Almeyda La Ligada yetti o'yinga chetlatildi

Matias Almeyda La Ligada yetti o'yinga chetlatildi

"Sevilya" bosh murabbiyi Matias Almeyda Ispaniya La Ligasi intizomiy komissiyasi qarori bilan yetti uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi. Bu jazo o'tgan hafta oxirida "Alaves"ga qarshi bahsda murabbiy chetlatilgani ortidan qo'llandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvning 85-daqiqasida Almeyda avvalroq ogohlantirishlar olganiga qaramay yana keskin norozilik bildirib, natijada hakam tomonidan maydondan haydaldi.

Komissiya izohiga ko'ra, yetti o'yinlik chetlatish bir nechta bandlardan iborat: 2 tur — hakam qarorlariga e'tirozlar uchun, 1 tur — chetlatilgandan keyin maydonni tark etishni cho'zganini uchun, 3 tur — hurmatsiz xatti-harakatlar va ortiqcha ishoralar uchun. Yana 1 tur esa Almeyda ketayotib suv shishasini bir necha bor tepib yuborgani sabab qo'shildi.

Shu tariqa, argentinalik mutaxassis "Real" va "Barselona"ga qarshi muhim uchrashuvlarni ham o'tkazib yuboradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Matias Almeyda La Ligada yetti o'yinga chetlatildi