Alvares Chempionlar ligasida argentinaliklar rekordini yangiladi

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares Chempionlar ligasida «Bryugge»ga qarshi bahsda (3:3) gol muallifiga aylandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
26 yoshli futbolchi uchrashuvning 5-daqiqasida penaltini aniq ijro etib, hisobni ochdi. UEFA ma'lumotiga ko'ra, Alvares Chempionlar ligasida argentinaliklar orasida 20 ta golga eng tez yetgan futbolchi bo'ldi: bunga u atigi 35 o'yinda erishdi.
Shu tariqa «matraschilar» forvardi avvalgi rekordchi Serxio Agueroni ortda qoldirdi, Lionel Messi esa bu ro'yxatda 40 uchrashuvda 20 gol bilan uchinchi o'rinda qoldi.
Eslatib o'tamiz, Xulian Alvares 2024 yil yozida «Manchester Siti»dan «Atletiko» safiga o'tgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing