Marsel klubida yangi bosh murabbiy tayinlandi

Marsel klubida yangi bosh murabbiy tayinlandi

Marsel” jamoasining yangi bosh murabbiyi Habib Beye bo‘ldi. 48 yoshli mutaxassis tayinlangani haqida klub matbuot xizmati rasman ma’lum qildi. Senegallik murabbiy bungacha “Renn”da ishlagan va shu oyning boshida u yerdagi lavozimini tark etgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Habib Beye futbolchi sifatida 2003–2007 yillarda “Marsel” safida to‘p surgan. U “oq-ko‘klar”da o‘tgan hafta iste’foga chiqqan Roberto de Zerbi o‘rnini egallaydi.

Liga 1 turnir jadvalida “Marsel” 22 turdan so‘ng 40 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa juma kuni chempionat doirasida safarda “Brest”ga qarshi maydonga tushadi, uchrashuv 00:45 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar