Kubarasi Atletikoga urgan goli nega bekor qilinganini tushunmayapti

“Barselona” himoyachisi Pau Kubarasi Ispaniya kubogi yarim finalida “Atletiko”ga qarshi o‘yinda yuzaga kelgan bahsli vaziyat — uning goli bekor qilingani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi kataloniyaliklar uchun omadsiz kechdi: jamoa tanaffusgacha javobsiz to‘rtta gol o‘tkazib yubordi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa 19 yoshli markaziy himoyachi Kubarasi hisobni qisqartirgandek bo‘ldi, biroq uzoq davom etgan tekshiruvdan so‘ng hakam golni inobatga olmadi. Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi.
“Hali ham nega golim bekor qilinganini tushunmayapman. Mutlaqo ishonchim komilki, deyarli o‘n daqiqaga cho‘zilgan tanaffus ikkinchi bo‘lim boshidagi tempimizni buzib yubordi”, — dedi Kubarasi Mundo Deportivo bilan suhbatda.
Javob uchrashuvi 3 mart kuni “ko‘k-anorranglilar” maydonida bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!