Ivan Taranov Golovinning ketma-ket chetlatilishiga izoh berdi

Moskvadagi CSKA sobiq futbolchisi Ivan Taranov «Monako» yarim himoyachisi Aleksandr Golovinning ketma-ket ikki o'yinda maydondan chetlatilishi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Taranovning aytishicha, bunday holatning aniq sababini topish qiyin, biroq Golovin jamoada anchadan beri o'ynayotgani sabab ayrim vaziyatlarda o'zini erkinroq tutib, chegaradan chiqib ketayotgandek ko'rinishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, 29 yoshli rossiyalik futbolchi «Monako» safida 2018 yil yozidan buyon to'p tepib keladi.
Joriy mavsumda Golovin fransuz klubi uchun 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing